Jahon | 08:46 / 09.01.2017
9335
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari: Rossiya IShIDga qarshi kurashga umuman hissa qo‘shgani yo‘q

Foto: NBC News

Pentagon rahbari Eshton Karter NBC News telekanaliga bergan intervyusida bayonot berishicha, Rossiya AQShning IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashiga «nol» hissa qo‘shgan. 

«Yo‘q, ular IShIDga qarshi hech narsa qilishgani yo‘q, amalda nol. Ular IShIDga qarshi kurashish va Suriyadagi fuqarolik urushiga barham berish maqsadida kelganlarini aytishdi, biroq, bundan hech birini amalga oshirishmadi», — degan Karter. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda IShID bilan haqiqiy jang Mo‘sul va Raqqani ozod qilish uchun olib borilmoqda, ammo ushbu amaliyotlarning hech birida Rossiya ishtirok etayotgani yo‘q. 

«Ruslarning harakatlari bilan Suriyadagi fuqarolik urushiga barham berish jarayoni birmuncha chigallashdi. Ruslar Suriya inqirozida ishtirok etish bilan shunday imkoniyatga ega bo‘lishdiki, bu bir jihatdan yaxshi ham bo‘lishi mumkin. U ham bo‘lsa, Suriya prezidenti Bashar Asadni asta-sekinlik bilan lavozimidan ketkazishdir», — deb ta'kidlagan AQSh mudofaa vaziri. 

Karterning qayd etishicha, Rossiya o‘shanda (Suriyaga harbiylarini olib kelganida) aynan shu haqda gapirgan. «Lekin ular buning o‘rniga Suriyadagi fuqarolik urushini ikki marta kuchaytirib yuborishdi», — degan Pentagon boshlig‘i. 


 

Mavzuga oid