Sport | 12:27 / 09.01.2017
11805
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Pike «Vilyarreal»ga qarshi o‘yindan keyin tribunada La Liga prezidentini ko‘rib qoldi va...

«Barselona» jamoasi himoyachisi Xerard Pike yana bir marta hakamlarning ishidan noroziligini keskin ifoda qildi.

Bu safar Pike Ispaniya chempionatining 17-turida «Vilyarreal»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangandan keyin hakamni tanqid qilgan.

Marca xabariga ko‘ra, o‘yin yakunlangach kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olgan Pike tribunada Ispaniya professional futbol Ligasi (LFP) prezidenti Xaver Tebasni ko‘rib qolgan va degan: «Sen buni ko‘rdingmi? Ha, sen, aynan sen maydonda nimalar bo‘lganini ko‘rdingmi?» 

Shundan so‘ng Pike intervyu bergan: «Bruno Soriano ikki marta ochiqchasiga qo‘li bilan o‘ynadi. Men Maskeranoning qo‘liga ham to‘p tekkanini ko‘rdim, ammo bu futbolchilarning harakatlari boshqa-boshqa edi… 

Ular hafta sayin gap-so‘z ko‘payishiga sababchi bo‘lishmoqda. Maydonda bo‘lib o‘tgan ishlar hammasi aniq, bu yerda gapirishning keragi yo‘q.».

Jyerar Pike nega «Barselona» foydasiga penalti belgilanmasligini biladi

Pike hakamlik haqidagi so‘zlari uchun jazolanishi mumkin

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid