Volkswagen'ning sobiq menejyeri qo‘lga olindi
AQSh Federal qidiruv boshqarmasi (FQB) Volkswagen menejyeri Oliver Shmidtni qo‘lga oldi. U firibgarlikda gumon qilinmoqda. The New York Times shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, AQShda 2014-2015 yillarda Volkswagen'ning normativ talablarga rioya qilish bo‘limiga rahbarlik qilgan menejyer 7 yanvar kuni Floridada qo‘lga olingan. Nashrda ma'lum qilinishicha, Shmidt Detroytda sud oldida javob beradi.
Bundan tashqari, sobiq menejyerning qo‘lga olinishi "dizelgeyt" bo‘yicha tergov ishining jadallashuvini bildiradi. Nyu-York va Massachusets prokurorlarining kompaniyaga qarshi ochgan ishiga oid hujjatlarga ko‘ra, janob Shmidt zararli chiqindilar haqidagi ma'lumotlarni soxtalashtirishni yashirishga urinishda muhim rol o‘ynagan.
Mavzuga oid
08:30 / 26.09.2024
VW kasaba uyushmasi bilan ish haqi va qisqartirishlar bo‘yicha kelisha olmadi
13:49 / 05.09.2024
Volkswagen Germaniyadagi zavodlarini yopishga hozirlanmoqda
14:53 / 03.09.2024
Germaniyada Volkswagen sobiq rahbari ustidan sud boshlandi
21:44 / 02.09.2024