Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AFP: Marokash hukumati paranji sotishni taqiqladi
Marokash hukumati ayollarning yuzi va tanasini to‘liq yopib turuvchi libos - paranji tikish va sotishni taqiqladi. Bu haqida AFP agentligi xabar berdi.
Ichki ishlar vazirligi o‘zining shaharlardagi savdo nazorati xodimlari orasida ana shunday xabarni tarqatdi. Agentlikning ma'lum qilishicha, hujjat shu haftadan paranji tikish va sotish taqiqlanishini tasdiqlaydi.
IIVdagi manbasiga tayangan Le360 Marokash axborot portalida bu borada shunday deyiladi: "Biz qirollikning barcha shaharlarida bunday libos shakli importi, uni ishlab chiqarish va tarqatishni to‘liq taqiqladik".
Taxminlarga ko‘ra, bunday chora xavfsizlik nuqtai nazaridan qo‘llanmoqda, zero bundan avval jinoyatchilar bir necha marotaba yuz va tanani yopib turuvchi liboslardan qabih maqsadlarda foydalanishgan.
Manbaga ko‘ra, vazirlik hozircha hujjat matnini rasman taqdim etmagan.
Mavzuga oid
16:51 / 11.04.2025
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi
12:13 / 07.03.2025
Fuqaro o‘zi nomiga kredit rasmiylashtirishga taqiqni qanday o‘rnatishi mumkin?
21:15 / 22.12.2024
Albaniyada 14 yoshli o‘smirning o‘limi sabab TikTokʼdan foydalanish taqiqlanadi
21:35 / 09.10.2024