Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  
Tungi ko‘rinish
 
FIFA Argentinani xalqaro turnirlardan chetlatishi mumkin
                                    
                                Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona FIFA Argentina futbol assotsiatsiyasini (AFA) o‘z tarkibidan chiqarib yuborishi mumkinligi haqida gapirdi. Afsonaviy argentinalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zaro suhbat vaqtida aytgan.
«Infantino AFA FIFAdan chetlatilishi mumkinligini istisno etmadi. U menga dedi: «Argentinadan kelib tushgan ma'lumot, sochimni tikka qildi. Agar AFA chetlashtirilsa, men har bir argentinalikka terma jamoaning xalqaro turnirlarda qatnashmasligini bittalab tushuntiraman», — deya Maradonaning so‘zlarini keltirgan Ole nashri.
Maradonaning o‘zi ham AFA tashkilotini bir necha bor tanqid qilgan, rahbariyatni futbolga aloqasi yo‘q korruptsionerlar va mafiozlar to‘dasi deb atagandi.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
14:44 / 17.12.2024
FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»
20:53 / 11.12.2024