Jahon | 10:57 / 10.01.2017
3311
1 daqiqa o‘qiladi

Kubada yangi ichki ishlar vaziri tayinlandi

Foto: Reuters

Kuba davlat kengashi rais Raul Kastroning taklifiga ko‘ra vitse-admiral Xulio Sesar Gandarilyani yangi ichki ishlar vaziri etib tayinladi. Bu haqda milliy televideniye xabar berdi.

Ganderilya shanba kuni diviziya generali Karlos Fernandes Gondin og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etgach o‘z lavozimiga kirishdi. U avval ushbu mahkamada vazir o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan. 

Xabar matnida aytilishicha, vitse-admiral Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi a'zosi va xalq hukumati Milliy assambleyasi deputati ham hisoblanadi.

Ganderilya ichki ishlar vazirligida turli lavozimlarda xizmat qilgan. U harbiy aksilrazvedka xizmatini 16 yil davomida boshqardi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid