Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘zbekistonlik avtomobil o‘g‘rilari ushlandi
O‘zbekistonlik to‘rt nafar fuqaro Moskva viloyatida uch avtomobilni olib qochgani uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda viloyat IIV boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. «360» telekanali esa tezkor tadbir paytida olingan videoni taqdim etdi.
Jinoyatchilar Moskva shahrida olib qochilgan Honda CRV mashinasida qo‘lga olindi – ikki erkak jipda bo‘lgan bo‘lsa, ularning hamtovoqlari shaxsiy mashinasida orqada kelishgan. Tezkor xodimlar tekshiruv davomida beshta turli davlat raqami belgisi va o‘g‘irlangan avtomobil kalitini topishdi.

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan gumondorlar Moskva viloyatida uchta qimmatbaho xorij avtomobilini olib qochishgani aniqlandi. Ularning ikki nafari hibsga olindi, qolganlar esa shahardan chiqmaslik haqida tushuntirish xati yozishgandan so‘ng qo‘yib yuborilgan. Gumonlanuvchilar 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
11:21 / 16.05.2025
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi
23:58 / 15.05.2025
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
17:50 / 02.05.2025