Saudiya Arabistoni haj mavsumida ziyoratchilar sonini oshirmoqchi
Saudiya Arabistoni hukumati joriy yilda haj safarini amalga oshiruvchi ziyoratchilar sonini 800 mingga, ya'ni 2,6 mln kishigacha oshirish bo‘yicha choralar qabul qilmoqchi. Bu haqda Saudiya Arabistoni madaniyat va axborot vaziri Zayd at-Tarifiy ma'lum qildi.
"Ikki muqaddas qadamjo asrovchisining (Saudiya Arabistoni qiroli unvoni) tutgan yo‘liga ko‘ra, vazirlar kengashi qirollik va xorijdan keluvchi hojilar sonini oshirmoqchi", deb aytgan at-Tarifiy.
Mamlakatning haj ishlari bo‘yicha vazirligi Makkadagi Al-Harom masjidining maydonini kengaytirish ishlari sababli 5 yil davom etgan cheklovlardan keyin joriy yilda qo‘shimcha 800 ming kishini qabul qilmoqchi.
Har bir davlat bilan mavjud kelishuvga ko‘ra, Saudiya Arabistoni har bir davlatga aholisi sonidan kelib chiqib hojilar soniga kvota beradi. Bunda har million odamga ming kishiga haj amalini ado etish huquqini berish hisobidan kelib chiqiladi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024