Jamiyat | 19:17 / 10.01.2017
17893
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek olimlari paxta moyi tozalashning yangi usulini kashf etishdi

O‘zbekiston Umumiy va anorganik kimyo instituti olimlari o‘simlik yog‘ini rafinatsiya qilishning yangi uslubini o‘ylab topishdi. Bu haqda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kashfiyot yog‘-moy sanoati uchun o‘ta muhim bo‘lib, u bir necha yillardan beri o‘rganib kelinayotgan muammoni hal qilishi mumkin. Olimlar o‘ylab topgan yangi uslubda kaustik soda o‘rniga kaltsiy giroksididan (Sa(ON)2) foydalaniladi. Qaltsiy giroksidi kaustik sodaga nisbatan arzon bo‘lib, tozalash jarayonida u zararli moddalarni ajratib olish xususiyatiga ega. Bu esa paxta moyini tozalash jarayonining samaradorligini yanada oshiradi.

Ixtiro mualliflari Solixoanova D. S., Agzamxo‘jayev A. A., Gumarov R. X., Tulabayeva S. U., Agzamxo‘jayev Sh. A., Eshmetov I. D. Ushbu kashfiyot uchun qayd qilingan patent raqami IAP 05310.

Mavzuga oid