Fan-texnika | 07:59 / 10.01.2017
7350
1 daqiqa o‘qiladi

Yahoo rahbari kompaniyani tark etmoqda

Foto: AP

Yahoo bosh direktori Marissa Mayyer kompaniya direktorlar kengashini tark etadi. Bu holat Verizon kompaniyasi xarid qilish bo‘yicha kelishuvni yakuniga yetkazganidan so‘ng yuz beradi, deb xabar qildi Business Insider Yahoo bayonotiga asosan.

Xabarga ko‘ra, Mayyer bilan direktorlar kengashini Yahoo asoschilaridan biri Devid Filo va yana to‘rt nafar top-menejyer tark etadi. Kompaniya bayonotida aytilishicha, bu qadam bo‘lajak rahbariyat bilan mojaroga aloqador emas.

Nashrning ta'kidlashicha, bitim yakuniga yetkazilgach, Yahoo kompaniyasining asosiy aktivlari Xitoyning Alibaba Group va Yaponiyaning Yahoo Japan aksiyalaridan iborat bo‘lgan qismi nomi Altaba deb o‘zgartiriladi.

Ma'lumot uchun, Verizon Yahoo’ni 4,83 milliard AQSh dollariga xarid qilmoqda. Kelishuv joriy yilning birinchi choragida yakunlanadi.

Mavzuga oid