Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya bosh vaziri jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi
Italiya bosh vaziri Paolo Jyentilonining tomirlarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu u Parijga uyushtirgan amaliy tashrifidan qaytib kelgach yuz berdi, deb xabar bermoqda RaiNews24 telekanali.
Italiya hukumati rahbari seshanba kuni Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan Yelisey saroyida uchrashdi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Jyentiloni Rimga qaytib kelganidan so‘ng o‘zini yomon his qilgan va poytaxtdagi eng yaxshi kasalxonalardan biri – Gemelli’ga tashrif buyurdi. Shifokorlar siyosatchida angioplastika – sirtqi tomirlar yopilib qolishi bo‘yicha kichik jarrohlik amaliyotni o‘tkazishgan.
RaiNews24’ning ta'kidlashicha, ayni damda siyosatchi o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025