Jahon | 08:17 / 11.01.2017
3010
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada tashqi ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Alex

Kanada tashqi ishlar vaziri etib Kristya Friland tayinlandi, deb xabar bermoqda National Observer.

Mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo boshchiligidagi vazirlar mahkamasi yangi a'zolarining qasamyod keltirish marosimi 10 yanvarda Ottavadagi Rido-Xoll qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Friland yangi lavozimga tayinlanguncha xalqaro savdo vaziri bo‘lib ishlagan. U oxirgi 24 yil ichida Kanada tashqi ishlar vaziri bo‘lgan birinchi ayol bo‘ldi.

Avvalroq Tryudo vazirlar mahkamasi tarkibini Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishgach qayta shakllantirmoqchi ekanligi ma'lum qilingandi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid