Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Multimilliarder Baffet nonushtadan iqtisod qilishini tan oldi
Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Berkshire Hathaway sarmoya kompaniyasi rahbari Uorren Baffet fond bozori tushib ketganda McDonald's’dagi nonushtalaridan iqtisod qiladi. U bu haqda “Uorren Baffet bo‘lish” nomli hujjatli filmi treylerida tan oldi. Film HBO kanalida 30 yanvar kuni namoyish etiladi.
«Bekon (tuzlangan yoki dudlangan yosh cho‘chqa nimtasi), tuxum va pishloqli MakMaffin 3,17 dollar turadi. Lekin bozor pastlasa, men 2,95 dollarli sendvichni xarid qilaman», - dedi milliarder.
CNBC telekanali 2016 yilning noyabrida Baffetning boyligi Donald Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongach, 11 milliard dollarga ortganini xabar qilgandi.
Forbes esa Baffetning umumiy davlatini 65,5 milliard dollarga baholagan. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina Microsoft asoschisi Bill Geyts (81 milliard dollar) va Amazon.com rahbari Jyeff Bezosga (67 milliard dollar) imkoniyatni boy bermoqda.
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
16:30 / 04.05.2025
Milliarder Uorren Baffett Berkshire Hathaway bosh direktorligidan ketadi
18:39 / 16.04.2025