Fan-texnika | 18:38 / 11.01.2017
8319
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyaning barcha poyezdlari shamol energiyasiga o‘tdi

Foto: The Guardian

Niderlandiyada harakatlanuvchi barcha poyezdlar endilikda, shamol generatorlari ishlab chiqqan elektr energiyasi yordamida harakatlanmoqda. Bu haqda The Guardian nashri Nederlandse Spoorwegen milliy temir yo‘l kompaniyasiga asoslangan holda yozmoqda.

«1 yanvardan 100 foiz poyezdlarimiz shamol energiyasida ishlayapti», — deya ma'lum qilgan kompaniya vakili Ton Boon. Gollandiyaning Eneco kompaniyasi Nederlandse Spoorwegen tomonidan e'lon qilingan tenderda g‘olib bo‘lgan va 10 yillik shartnoma imzolagandi. 

Unga ko‘ra, barcha poyezdlarni 2018 yil 1 yanvaridan shamol energiyasiga o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Biroq, mutaxassislar vazifani muddatidan bir yil avval uddalashgan. Boonning aytishicha, bunga mamlakat va Niderlandiya sohillarida shamol generatorlarining soni ortishi imkon bergan. 

Eneco va Nederlandse Spoorwegen vakillarining ma'lum qilishlaricha, bitta shamol generatorining bir soat davomida ishlab chiqargan quvvati bir poyezd tarkibini 200 km masofaga yurishini ta'minlay oladi. Nederlandse Spoorwegen bir kunda 5,5 ming poyezdida yarim milliondan ortiq yo‘lovchini tashiydi. Kompaniya 2020 yilga kelib, har bir yo‘lovchi uchun energiya sarfini 2005 yilga nisbatan 35 foizga qisqartirishni rejalashtirgan. 

Mavzuga oid