Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikaraguada prezident Daniel Orteganing inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi
Nikaragua poytaxtida prezident Daniel Orteganing lavozimiga kirishishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 2016 yilning noyabridagi saylovda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan siyosatchi ketma-ket uchinchi bor davlat rahbari lavozimiga kirishdi. Uning rafiqasi Rosario Murilo esa vitse-prezident bo‘ldi.
Managuadagi inqilob maydoni marosim o‘tkazilgan joyga aylandi. Unda Venesuela, Gonduras va Salvador prezidentlari Nikolas Maduro, Xuan Orlando Ernandes hamda Salvador Sanches Seren, Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Inven, shuningdek, Kuba, Dominikan Respublikasi va boshqa davlatlar rahbariyat vakillari ishtirok etishdi.
Ma'lumot uchun, Ortegani 2016 yilning noyabridagi saylovlarda ovoz beruvchilarning 72 foizi qo‘llab-quvvatladi. Uning bosh raqibi Maksimino Rodriges esa atigi 15 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Konstitutsiyaga ko‘ra Nikaragua prezidenti va vitse-prezidenti besh yillik muddatga saylanadi.
Ortega ilk bora 1985 yilda prezident bo‘lgan. U 2007 yilda yana hukumat tepasiga keldi. Nikaragua uning rahbarligi ostida 2008-2009 yillardagi global iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yengib o‘tdi va mamlakatdagi qashshoqlik darajasi 2009-2014 yillarda 42,5 foizdan 29,6 foizga qadar tushirildi.
Mavzuga oid
17:07 / 31.12.2024
Argentina sudi Nikaragua prezidentini hibsga olishga order berdi
13:52 / 20.04.2024
Isroil va Nikaraguaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:10 / 12.09.2023
Samarqandda Nikaragua orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
10:49 / 30.08.2023