Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Turkiya Suriyada aviatsiya xavfsizligi haqidagi memorandumni imzoladi
Rossiya mudofaa vazirligi va Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi Suriyadagi operatsiyalar davomida aviatsiya parvozlari xavfsizligini ta'minlash haqidagi memorandumni imzolashdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma'lum qildi.
"12 yanvarda Rossiya mudofaa vazirligida Rossiya qurolli kuchlari va Turkiya qurolli kuchlari delegatsiyalarining IShIDga qarshi Rossiya-Turkiya hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlar davomida Rossiya mudofaa vazirligi va Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi o‘rtasida Suriyadagi operatsiyalar davomida ko‘ngilsiz voqealarning oldini olish va aviatsiya parvozlari xavfsizligini ta'minlash haqidagi memorandum imzolandi", deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025