Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Milliy universiteti Vatan himoyachilarini tabrikladi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 14 yanvar – Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari va OAV vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.
Tadbirni universitet rektori A. Marahimov ochib berdi. U o‘z chiqishida Vatan himoyachilari kunining tarixiy ahamiyati hamda barcha fuqarolarning Vatanni himoya qilish burchi haqida gapirdi.
Tadbir doirasida universitetning iqtidorli talaba qizlari Vatan himoyachilariga kuniga bag‘ishlab tayyorlagan videorolik namoyish etildi. Unda to‘rt daqiqadan uzoqroq davom etgan videolavha o‘zining sifati va mazmuni bilan tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi. Videorolik internetga joylashtirilib, butun O‘zbekiston Vatan himoyachilariga tabrik sifatida yo‘llandi.
Mavzuga oid
19:51 / 20.02.2025
O‘zbekistonliklar 8 mart munosabati bilan necha kun dam oladi?
18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi
22:17 / 17.10.2024
Konstitutsiya kuni bayramini nishonlash bo‘yicha prezident farmoyishi imzolandi
07:07 / 31.08.2024