Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish darajasi bo‘yicha oltinchi o‘rinni egallashi prognoz qilindi
Jahon banki 2017 yilning 10 yanvar kuni “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotini taqdim etdi. Unda o‘tgan yilgi o‘sish ko‘rsatkichlarining past darajasidan so‘ng, 2017 yilda jahon iqtisodiyoti o‘sish sur'ati biroz tezlashishi (2,7 foizgacha) aytiladi.
Xususan, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2017 yildagi real o‘sishi 7,4 foizni tashkil qilishi taxmin qilindi. Bank ekspertlarining taxminiga ko‘ra,
O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘sish darajasi 2018 va 2019 yillarda 7,4 foiz atrofida saqlanib qoladi.
Hisobotda O‘zbekistondan tashqari faqatgina Hindiston (7,6 foiz), Butan (9,9), Kot-d’Ivuar (8,0), Efiopiya (8,9), Gana (7,5) kabi davlatlarga tegishli taxminlar yaxshiroq bo‘ldi.
Shuningdek, dunyoning bir qator yetakchi davlatlari yalpi ichki mahsulotining 2017 yildagi real o‘sishi biroz past darajada qayd etilgan: Xitoy – 6,5 foiz, Rossiya – 1,5 foiz, Turkiya – 3,0 foiz, Saudiya Arabistoni – 1,6 foiz, Birlashgan Arab Amirliklari – 2,5 foiz.
Ma'lumot uchun, Jahon banki prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2016 yilda 7,3 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi
14:10 / 14.05.2025