Fan-texnika | 22:45 / 13.01.2017
26949
1 daqiqa o‘qiladi

Arzon va shu bilan birga kuchli smartfon nomi e'lon qilindi

Foto: depositphotos.com

Mobil qurilmalar unumdorligini o‘lchashga mo‘ljallangan AnTuTu dasturi yaratuvchilari arzon va shu bilan birga kuchli smartfonlar reytingini tuzib chiqishdi. 

Bu reytingning eng yuqori pog‘onasini 170 dollardan taklif qilinuvchi Lenovo ZUK Z2 smartfoni egalladi. Xaridor bu pulga Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 3 gigabayt tezkor xotira, 5 dyuymli FullHD-displey, 13-megapikselli kamera va 3500 mA-s hajmli akkumulyatorga ega smartfon oladi. 

Narx va unumdorlik nuqtai nazaridan eng maqbul smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish oldi: Lenovo ZUK Z2; Xiaomi Redmi Note 3; Xiaomi Mi4C; Xiaomi Redmi Note 4; LeEco Le 2; LeEco Le Pro 3; 360 N4; LeEco Le Max 2; Meizu Metal; Xiaomi Mi5S.

Bu smartfonlardan ikkitasi – LeEco Pro 3 va Xiaomi Mi5s 2016 yilning eng kuchli smartfonlari ro‘yxatidan joy olgandi. 

Mavzuga oid