Jahon | 09:55 / 13.01.2017
5030
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: "Boko Haram" tufayli Kamerun, Nigeriya, Niger va Chadda 7,1 million kishi ochlikka mahkum

© AP Photo

Chad ko‘li atrofidagi hududlarda "Boko Haram" radikal guruhi faoliyati oqibatida gumanitar inqiroz yuzaga kelgan. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O’Brayyen ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kamerun, Nigeriya, Niger va Chadda 7,1 million kishi ochlikka mahkum.

"Xavfsizlik sohasidagi inqirozdan tashqari, oziq-ovqat yetishmovchiligi ham og‘ir holatda. 3 yil oldin Chad ko‘li atrofidagi hududda 3 million kishi ochlik xavfi ostida edi. BMT va hamkorlari zarur choralarni ko‘rishiga qaramasdan hozirgi kunda bundaylar soni 7,1 millionga yetgan", deya hisobot bergan u tashkilotning Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi vaqtidagi chiqishida.

Uning xabar qilishicha, Afrikaning bu 4 mamlakatida 11 millionga yaqini kishi turli gumanitar yordamlarga muhtoj. Ko‘chirilishi lozim bo‘lgan kishilar soni 2,4 million, shundan 1,5 millioni bolalardir.

O’Brayyenning aytishicha, 2017 yilda bu mintaqada gumanitar amaliyotlar uchun xarajatlar 1,5 milliard dollarni talab etadi va bu o‘tgan yilgidan ikki barobar ko‘p.

BMT bosh kotibining harbiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Tayye-Brukning so‘zlariga ko‘ra, "Boko Haram"ga qarshi bir necha bor harbiy amaliyotlar o‘tkazilgan bo‘lsada, bu guruh mintaqaga jiddiy xavf solishda davom etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilning oktabrida ekstremistlar taktikani o‘zgartirishdi va tinch aholiga emas, harbiylar va harbiy obektlarga hujumlar uyushtirishga o‘tdi. Guruh rahbarlaridan biri Abu Musab al-Barnaviy o‘z tarafdorlarini dindoshlari musulmonlarni emas, boshqa dinlar vakillarini o‘ldirishga chaqirgan.

Mavzuga oid