Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya sohillarida Qora dengiz muzladi
Bolgariyaning janubiy Burgas shahrida noyob tabiat hodisasi – Qora dengiz muzlaganiga guvoh bo‘lish mumkin.
1954 yildan buyon ilk marotaba Burgas portidagi kemalar muz haykallariga aylaganini ko‘rish mumkin. Mamlakat shimoli-sharqidagi Varna hududida, Varnen ko‘li chekkalarida ham ayni holatga duch kelasiz. Bu yerda, so‘nggi bir asr mobaynida suv atigi 3 marta - 1929, 1942 va 1954 yillarda muzlagan, deb yozadi "Trud" nashri.
Dunay daryosini to‘liq muz qoplagani sababli, kema qatnovi to‘xtatilgan. Bolgariya shimoli-sharqi va Burgas shahri hududlarida qor uyumlari avtomobil harakatini cheklagan.
"Bolgariyada yanvar oyidagi havo harorati oxirgi 15 yillik o‘rtacha oylik me'yordan 2-3 darajaga pastdir", - deb qayd etgan Metrologiya va gidrologiya milliy instituti shaxobchasi direktori Ivan Ivanov.
Shu bilan birga, sinoptiklar yanvar oyi oxirigacha havoning qisqa muddatga bo‘lsa-da, iliqlashuvini va'da qilishmayapti. Bolgariya hududidan O‘rta yer dengizining siklonlari o‘tadi, bu esa, qor yog‘ishi va kuchli shamolga sabab bo‘ladi.
O‘tgan tunda mamlakatdagi havo harorati Tselsiy shkalasi bo‘yicha manfiy 20 daraja atrofida bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
21:59 / 10.05.2025