Fransiya elchisi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri bilan uchrashdi
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonim O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Rustam Qosimov bilan uchrashdi.
Fransiya elchixonasi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi, agronomiya, sayyohlik, injyenerlik fanlari, sog‘liqni saqlash, me'morchilik va arxeologiya kabi sohalarda hamkorlik munosabatlariga to‘xtalib o‘tildi.
Bugungi kunda dolzarb hisoblanadigan oliy va o‘rta ta'lim o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish masalalari doirasida tomonlar kadrlar tayyorlash injyeneriyasi, xususan, til bo‘yicha, shuningdek, boshqa mutaxassisliklarga fransuz tili ta'limi berish injyeneriyasi borasida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
Fransiya elchisi o‘zbekistonlik talabalar fransuz tilida barcha mutaxassisliklar bo‘yicha, shuningdek, boshqaruv, injyenerlik fanlari, irrigatsiya kabi sohalarda ingliz tilida Fransiyada oliy ta'lim olish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida to‘xtaldi.
Elchi Fransiyaga borib ta'lim olishni istagan talabalar fransuz tilidan bilim darajalarini oshirishlari uchun Toshkent fransuz alyansi kurslariga qatnashish imkoniyati mavjudligini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
23:05 / 22.11.2024
Fransiyadagi muzeydan 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
13:52 / 20.11.2024
Fransiya O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rgatish jarayonini yo‘lga qo‘yadi
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024