Jamiyat | 20:59 / 13.01.2017
19611
2 daqiqa o‘qiladi

“Karib dengizi qaroqchilari” va “Uzuklar hukmdori” filmlari yulduzi Orlando Blum - 40 yoshda

Bugun 13 yanvar kuni britaniyalik aktyor Orlando Blum 40 yoshga to‘ldi. U ilk marta teatr sahnasiga 16 yoshida chiqqan, keyin seriallarda suratga tushgan va filmlarda kichik rollarni ijro eta boshlagan. Uning kinodagi haqiqiy karerasi Piter Jyeksonning “Uzuklar hukmdori” filmidan boshlangan – u Faramir roliga kastingdan o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq rejissyor unda elf Legolasni ko‘rgan. Trilogiya yosh aktyorni butun dunyoga tanitdi va boshqa katta loyihalarda ishtirok etishga imkon yaratdi: Volfgang Petersenning “Troya”sida u Parisni o‘ynagan, “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasida esa unga bosh rollardan biri – Uill Terner roli nasib etdi. Bundan tashqari, u Ridli Skottning “Samo qirolligi”, tarixiy filmida ham suratga tushgan, “Xobbit” trilogiyasida esa yana Legolas roliga qaytgan. Aslida Tolkinning qissasida bu personaj bo‘lmagan bo‘lsa-da, kinoversiyada Jyekson “Uzuklar hukmdori”dagi ko‘p qahramonlarni jalb etishga qaror qilgan.

“Uzuklar hukmdori” filmidan lavha, 2001 yil

Kira Naytli va Orlando Blum. “Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid falokati”, 2003 yil

“Troya” filmidan lavha, 2004 yil

“Samo qirolligi” filmidan lavha, 2005 yil

“Nyu-York, seni sevaman” filmidan lavha, 2008 yil

Model Miranda Kerr va Orlando Blum 2010 yilning 22 iyulida turmush qurishgan. 2011 yilning 6 yanvarida juftlikning Flinn Blum ismli o‘g‘li dunyoga kelgan. 2013 yilning oktabrida juftlik rasman ajrashgan.

2014 yilda Orlando Blum Hollivuddagi Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi. Bu yerga aktyor o‘g‘li Flinn Blum bilan tashrif buyurdi.

Mavzuga oid