Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moody's 864 mln dollar evaziga o‘z xatosini “yopdi-yopdi” qiladi
Xalqaro reyting agentligi - Moody's AQSh hukumatiga 864 mln dollar to‘lashga rozilik bildirdi. Agentlik, 2008 yilgi moliyaviy inqiroz arafasida turli qoidabuzarliklarni sodir etganlikda ayblangan edi. Endilikda, o‘ziga nisbatan barcha da'volarga barham berilishi va tergov ishlarining to‘xtatilishi uchun shuncha miqdorda jarima to‘laydi, deb xabar qiladi Bloomberg agentligi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Moody's 437 mln dollarni AQSh adliya vazirligiga to‘laydi, qolgani agentlikka qarshi tergov ishlari olib borgan 21 shtat prokuraturalari o‘rtasida taqsimlanadi.
AQSh hukumatining ishonch bildirishicha, Moody's agentligi jahon moliya inqirozi arafasida ipoteka obligatsiyalari reytingini sun'iy ravishda yuqori ko‘rsatgan. Shu kabi ayblovlar Standard & Poor's agentligiga nisbatan ham ilgari surilgan. Bu agentlik alaoqibat1,3 mlrd dollardan ortiq jarima to‘lagan edi.
Mazkur agentliklarning ijobiy baholariga ishongan ko‘plab sarmoyadorlar ipoteka aksiyalarini xarid qilgan va natijada, ipoteka bozori qulaganda, ular kasodga uchragan. Ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, aynan ipoteka bozoridagi inqiroz jahon moliya inqiroziga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025