Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Rossiya yaqinlashish jarayonini cho‘zayotgani aytildi
Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zaybakchi turk tomoni Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi uchun barcha ishni qilganiga qaramasdan, Rossiya ikki davlatning yaqinlashishi jarayonini cho‘zayotganini aytdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
"Rossiya bilan xizmatlar va investitsiyalar masalasi bo‘yicha muloqot faol va ijobiy yo‘sinda davom etayotganiga qaramasdan, ikki davlat hamkorligi darajasi inqirozgacha bo‘lgan darajaga hali qaytmadi", deb aytgan Zaybakchi.
Jumladan, uning aytishicha, mahsulotlar sifat darajasi saqlanib qolganiga qaramasdan, Turkiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga cheklov amal qilmoqda, mahsulotlar yetkazib berishdagi kvotalar va Turkiya fuqarolarining Rossiyada ishga joylashishi uchun ruxsat berishda muammolar mavjud.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025