Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda rekord darajadagi past harorat qayd etildi
O‘tgan dam olish kunlari Arab Amirliklari hududida rekord darajadagi past harorat kuzatildi - Ras-Al-Haymdagi Marbah tog‘larida +2,2 daraja qayd etildi. Bu haqida The National nashri xabar berdi.
BAAning aksariyat aholi punktlarida yilning joriy mavsumi uchun normal hisoblangan harorat saqlanib qolmoqda: sohil bo‘yida 12-26 daraja, dengizdan uzoqda joylashgan ichki hududlarda 8-27 daraja, tog‘larda 5-19 daraja atrofidagi harorat kuzatilmoqda.
Kunduzgi va tungi harorat orasida quyuq tumanning paydo bo‘lishi kutilmoqda. Meteorologlar va politsiyachilar barcha avtomobil egalarini hushyor bo‘lishga chaqirishmoqda. Shuningdek dengizda kuchli to‘lqinlar kutilmayotgani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
11:02 / 16.05.2025