Jahon | 21:57 / 15.01.2017
6436
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqlik harbiylar Sharqiy Mo‘sulning 90 foizini ozod qildilar

Iroq politsiyasi va maxsus kuchlar otryadlari Mo‘sulning sharqidagi 90 foiz hudud ustidan nazoratni tikladilar. Bu haqda "As-Sumariya" telekanaliga Iroq qurolli kuchlari birlashgan qo‘mondonligi rasmiy vakili Yahyo Rasul ma'lum qildi

"Iroq kuchlari Tigr daryosining chap sohilidagi 85-90 foiz hududni ozod qilishdi. Mo‘sul sharqida IShID terrorchilik tashkilotidan ozod qilingan tumanlarda tozalash va nazorat qilish operatsiyasi davom etmoqda", deb aytdi Rasul.

Uning aytishicha, maxsus bo‘linmalar va federal politsiya Tigr daryosining o‘ng (g‘arb) va chap (sharq) qismlarini birlashtiruvchi 5 ko‘prikdan 3 tasini nazorat qilmoqda. " Sharqiy Mo‘sulning shimolida ekstremistlar o‘ralashib yurgan kichik hududlar qolgan", deb ta'kidlab o‘tdi Rasul. 

Mavzuga oid