Jahon | 10:12 / 15.01.2017
5208
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Putin bilan Reykyavikda uchrashishi mumkinligi haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp shtabida bo‘lg‘usi prezident Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Reykyavikda uchrashishi mumkinligi haqidagi xabar inkor qilindi. Bu haqda Trampning rasmiy vakili ma'lum qilgan. 

Ta'kidlanishicha, Tramp atrofidan bo‘lgan amaldor bu xabarni "100 foizlik yolg‘on" deb atagan. 

Avvalroq Britaniyaning The Sunday Times nashri Tramp Putin bilan Reykyavikda uchrashishi mumkinligini ma'lum qilgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid