Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda 12ta medalga sazovor bo‘ldi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida erkin va yunon-rum kurashlari bo‘yicha kadetlar o‘rtasida an'anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda 2000-2002 yillarda tug‘ilgan o‘smir sportchilar ishtirok etishdi. O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari musobaqada har ikkala yo‘nalishda gilamga chiqishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra o‘zbekistonliklar jami 12ta medalga sazovor bo‘lishdi. Shulardan 3 tasi oltin, 4 tasi kumush va 5 tasi bronza medallari.
Jumladan, yunon-rum kurashi bo‘yicha Laziz Toshkentboyev (42 kg) va Sharofiddin Ernazarov (100 kg) 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Akmal Akramov (54 kg), Yergali Ayximbayev (76 kg) 2-o‘rinni egallashdi. Uchinchi o‘rin esa Eldor Karimov (46 kg), Javohir Samatov (58 kg) va Muhammadqodir Rasulovga (63 kg) nasib etdi.
Erkin kurash bo‘yicha Umid Jalolov (42 kg) 1-o‘rin,
Jamshid Ma'rufov (50 kg), Feruz Yakubov (58 kg) 2-o‘rin,
Arslon Rahimov (46 kg), Ixtiyor Normurodov (63 kg) 3 – o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025