Jahon | 20:19 / 17.01.2017
20909
1 daqiqa o‘qiladi

Bank xodimi mijozning hisobiga adashib 174 million dollar o‘tkazdi

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi bankda faoliyat yurituvchi xodim mijozlardan birining hisobiga adashib 1,2 milliard yuan (174 million dollar) o‘tkazdi. Bu haqida Sohu portali xabar berdi. 

Hodisa bankning Vanchen uyezdidagi Rural Commercial Bank bo‘limida yuz berdi. Ma'lum bo‘lishicha, bank xodimi summa kiritiladigan satrga adashib mijozning bank hisob raqamini kiritgan - 1212405269.

Shu tariqa, mijoz hisobiga 1,212 milliard yuan o‘tkazilgan. Bir necha soatdan keyin bank xodimlari xatoga yo‘l qo‘yganliklarini anglab yetishdi va mijozdan yana bir bor bo‘limga kelishni so‘rashdi. Buning evaziga unga sigareta pachkasi va pul mukofoti hadya qilindi, biroq mukofot summasi haqida ma'lumot berilmadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid