Jahon | 08:05 / 17.01.2017
3855
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy o‘zining ilk Airbus A330 samolyotini shu yil kuzida ishlab chiqaradi

Foto: Representational

2017 yil sentabr oyida Xitoyning Tyantszin shahridagi zavodda A330 seriyasidagi birinchi yo‘lovchi samolyoti Airbus xalqaro aviasozlik korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqariladi, deb yozgan Renming Ribao.

Aniqlik kiritilishicha, umuman korporatsiya, 2017 yilda Yevropa tashqarisida 3ta A330 ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Airbus korporatsiyasining Tyantszindagi ishlab chiqarish majmuasi 2008 yilda ishlashni boshlagan. O‘tgan davr mobaynida kompaniya Xitoyda 300ga yaqin A320 samolyotlarini yig‘di. 2016 yilda u mahalliy bozorga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha rekord qo‘ygan. Tyantszin zavodida ishlab chiqilgan 51ta samolyot Xitoy aviakompaniyalariga sotilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid