Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya harbiy samolyoti adashib qochqinlar lagerini nishonga oldi: qurbonlar 100dan ziyod
Nigeriya harbiy-havo kuchlari Boko Haram ekstremistlariga qarshi missiyasi doirasida adashib qochqinlar lageriga zarba berdi. Buning natijasida 100dan ziyod kishi halok bo‘ldi, jabrlanganlar orasida gumanitar tashkilotlar xodimlari ham bo‘lgan. Bu haqida Bornodagi davlat amaldori xabariga asoslanib, The Telegraph News nashri xabar berdi.
Qizil Hoch tashkilotining nomini oshkor qilishni istamagan xodimi so‘zlariga ko‘ra, guruhdagi 20 nafar ko‘ngilli ham halok bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, harbiy qo‘mondon, general Laki Irabor Kamerun chegarasi yaqinidagi Ranning shimoli-sharqidagi tasodifiy bombardimonni tasdiqlagan.
Ma'lumotlarda ta'kidlanishicha, bu Nigeriya harbiylari o‘z aybiga iqror bo‘lgan birinchi holatdir.
Iraborning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida ikki askar, Chegarasiz Shifokorlar va Qizil Xoch ko‘ngillilari bo‘lgan.
Chegarasiz shifokorlar ma'lumotlariga ko‘ra, ularning Ranndagi jamoasi 50 jasadni hisoblagan va hozirda 120 nafar jarohatlanganlarga yordam bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Kamerun va Chaddagi tibbiyot va jarrohlik brigadalari jarohatlanganlarga yordamga shay.
Manbaga ko‘ra, harbiy-havo kuchlari tomonidan qasddan zarba berilmagan, shunday bo‘lsa-da, bu borada tergov ishlari yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025