Jahon | 09:54 / 17.01.2017
8952
2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: Obama 58 foizlik reyting ko‘rsatkichi bilan Oq uyni tark etmoqda

foto: AP

AQShning iste'foga chiqayotgan prezidenti Barak Obamaning mashhurlik reytingi 58 foizni tashkil etmoqda. 20 yanvarda o‘z lavozimini tark etuvchi prezident ko‘rsatkichi 1993 yili prezident katta Jorj Bush tomonidan o‘rnatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan 4 foizga pastdir. Gallup Instituti tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari shundan dalolat qiladi. 4-8 yanvarda bo‘lib o‘tgan tadqiqotda AQShning 1032 nafar voyaga yetgan fuqarosi ishtirok etgan. 

Sotsiologlarning ta'kidlashlaricha, so‘nggi oylarda Obamaning xalq orasidagi obro‘si biroz pasaygan. Agar, 2015 yil oxirlarida 50 foizga yaqin fuqaro u haqda ijobiy fikr bildirgan bo‘lsa, noyabr oyidagi saylovlardan so‘ng, bu raqam keskin o‘zgarib, 62 foizni tashkil etgan. Ammo, yanvar oyi boshlarida uning siyosatini qo‘llab-quvvatlovchilar soni 4 foizga kamaygan. Obama eng yuqori ko‘rsatkichi (69 foiz)ga birinchi prezidentlik davrida erishgan.

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, Obama o‘zidan avvalgi prezident Jorj Bush kichik ko‘rsatkichidan sezilarli ravishda ustun bo‘lgan. Kichik Bushni davlat rahbarligining so‘nggi kunlarida AQShning 40 foiz fuqarosi qo‘llab-quvvatlagan. Obama, shuningdek, prezident Bill Klintonni ham bir foizlik farq bilan ortda qoldirgan. Biroq, ularning hech biri katta Jorj Bushning ketisholdi natijasini qayd eta olishgani yo‘q. 1993 yilda katta Bush siyosatini 62 foiz fuqaro ma'qullagan. 

Shu bilan birga, Barak Obama Amerikaning birinchi xonimi, rafiqasi Mishelning ko‘rsatkichidan ancha ortda qolgan. Amerikaliklarning 68 foizi Mishel Obamani hurmat qilishini tasdiqlagan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid