Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tojikistonlik narkokurer 300 grammdan ortiq geroin bilan ushlandi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona vodiysida yirik miqdorda giyohvand moddalarni olib ketayotgan narkokurerni ushlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston huquqni himoya qilish organlari Farg‘ona vodiysining Qo‘qon shahriga kiraverishdagi "Afg‘onbog‘" postida Nexia avtomobilini to‘xtatishgan. U Beshariq-Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan bo‘lgan. Bu haqda Sputnik-O‘zbekiston agentligi yozmoqda.
Mashina ichidagi yo‘lovchining qo‘lidagi paket operativ xodimlar e'tiborini tortgan. Tekshirish chog‘ida 310 gramm kukun sifat modda va Makarov pistoleti borligi aniqlangan. Ekspertiza paketchadagi ashyo geroin ekanini ko‘rsatgan.
"Giyohvad modda va qurol egasi bo‘lgan yo‘lovchi Tojikistonning So‘g‘d viloyati, Asht tumani, Ko‘prikboshi qishlog‘ilik 41 yoshli Mashrabjon Abdullayev bo‘lib chiqqan. U Beshariq tumani Qiyali qishlog‘ida Sirdaryodan qayiq vositasida davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tgan. Giyohvand moddalarni Toshkentda sotmoqchi bo‘lgan», — deb qayd etgan MXX vakili.
Qo‘lga olingan shaxs Beshariq tumani Qiyali qishlog‘ida yirik miqdorda opiyni yashirib qo‘yganini ham tan olgan. Uning ko‘rsatmasi bilan yashirilgan joydan olingan zahri qotilning og‘irligi 1 kilogramm 165 grammni tashkil etgan.
Ushbu fakt bo‘yicha Abdullayevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025