Sport | 09:39 / 17.01.2017
7062
2 daqiqa o‘qiladi

Van Gaal faoliyatini yakunladi

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Lui van Gaal faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

«Faoliyatimni o‘tgan yili yakunlayman deb o‘ylagandim, ammo keyinroq kichik tanaffus olib, futbolga qaytishga qaror qildim.

Ammo endi murabbiylik ishiga boshqa qaytmasligini tushunyapman. Oxirgi vaqtlarda oilamda ko‘p narsa sodir bo‘ldi. Bu men uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i kabi bo‘ldi va keyin nima qilishimni belgilab oldim», - deydi van Gaal.

Lui van Gaal to‘rt marta Niderlandiya chempioni («Ayaks», AZ), 2 marta Ispaniya chempioni («Barselona»), 1 marta Germaniya chempioni («Bavariya»), 1 martadan Chempionlar ligasi, UYeFA kubogi va Qit'alararo Kubok g‘olibi («Ayaks»), 2 marta UYeFA Superkubogi («Barselona», «Ayaks») g‘olibi bo‘lgan.

Shuningdek, u Niderlandiya Kubogi («Ayaks»), Ispaniya Kubogi («Barselona»), Germaniya Kubogi («Bavariya») va Angliya Kubogini («MYu») qo‘lga kiritgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid