Sport | 15:52 / 18.01.2017
10459
2 daqiqa o‘qiladi

Afrikada 4 marta eng yaxshi bo‘lgan futbolchi terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Misr hukumati milliy terma jamoaning sobiq futbolchisi Muhammad Abutrikani «Birodar-musulmonlar» diniy-siyosiy tashkilotiga aloqadorligi uchun terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda BBC xabar tarqatdi.

Abutrika Misr hukumati tomonidan terror tashkiloti sifatida baholangan assotsiatsiyaga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatganlikda ayblanmoqda. 2012 yilda ushbu futbolchi mamlakatning o‘sha vaqtdagi prezidenti, «Birodar-musulmonlar» namoyondasi Muhammad Mursiyni ochiq qo‘llab-quvvatlagandi.

2013 yilda Mursiy harbiy isyon natijasida hukumatdan ag‘darildi. O‘sha yili Abutrika ham professional faoliyatini yakunlagandi.

Abutrikaning advokati ma'lum qildiki, hozircha futbolchiga rasman ayblov e'lon qilinmagan, lekin u apellyatsiya berishga tayyor turibdi.  

2008 yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnomada Muhammad Abutrika  togolik Emmanuel Adebayordan ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallagan. U Afrika qit'asida o‘ynovchi eng yaxshi futbolchi sifatida 4 marta taqdirlangan (2006, 2008, 2012, 2013). 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid