AQSh maxfiy xizmati irqiy kamsitishlar ishini “yopdi-yopdi” qilish uchun 24 mln dollar jarima to‘laydi
AQSh Federal maxfiy xizmati tashkilot ichida irqiy kamsitishlarga yo‘l qo‘yilganiga doir ish bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida 24 mln dollar tovon to‘lashga rozilik bildirdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi yozmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 100 nafardan ortiq qoratanli agent afroamerikaliklarning xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilishda huquqlari poymol qilinishi haqida guvohlik bergan. Nashrning yozishicha, 8 nafar ariza yozganlarning har biriga 300 ming dollardan tovon to‘lanadi.
"Maxfiy ushbu ish bo‘yicha barcha ayblovlarni jiddiy qabul qilar ekan, tashkilot xizmat pillapoyasidagi o‘sish bo‘yicha adolatli va shaffoflik qoidasiga sodiq bo‘lib qoladi", - deya maxsus xizmat vakili Ketrin Miloen so‘zlarini keltiradi gazeta.
AQSh maxfiy xizmati 1865 yilda tashkil etilgan. U, asosan, Amerika pullari, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlarni qalbakilashtirishga qarshi kurashish, prezident va boshqa muhim shaxslarni qo‘riqlash, shaxsiy ma'lumotlar o‘g‘irlanishi va moliyaviy firibgarliklarni tekshirish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024