Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh razvedkasi boshlig‘i Trampning "chegaradan chiqib ketganini" aytdi
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp va AQShning ketayotgan ma'muriyatida Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan Jon Brennan o‘rtasida yuz bergan mojaro avj olmoqda. Brennan o‘zi va razvedka nomiga bildirilgan ayblovlar haqida Wall Street Journal nashriga izoh berib, Trampning "chegaradan chiqib ketganini" aytgan.
"Ma'lumotlar chiqib ketishi va razvedkaning halolmasligi va insofsizligi haqida aytilgan bu gaplar mening nazarimda mumkin bo‘lgan chegaradan chiqib ketishdir", deb aytgan Brennan Tramp tomonidan uning nomiga bildirilgan tanqid haqidagi savolga.
Brennan Tramp MRBning ishini natsistlar Germaniyasi uslublariga qiyoslaganini Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan va "nomlari xotira devorida abadiylashtirilgan" razvedkachilarga behurmatlikdir, deb qo‘shimcha qildi.
Tramp bundan avval tvitterda Brennan uni yomonotliqqa chiqaruvchi ma'lumotni oshkor qilgan "odammasmikan" degan savol bilan yuzlangan. "MRBning ketayotgan boshlig‘i Jon Brennan saylangan prezident Trampni Rossiya tomonidan taralayotgan tahdid uchun koyimoqda. Brennan Fake News (Tramp o‘zi haqidagi kompromatni birinchi bo‘lib chop etgan CNN’ni "Yolg‘on xabarlar" telekanali deb atagandi) ma'lumotlarini oshkor qilgan odammasmikan?" deb yozgan Tramp tvitterda.
Mavzuga oid
20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
09:22 / 27.03.2025
MRB direktori: «Ukraina qurolsiz bo‘lsa ham jang qiladi»
20:10 / 06.03.2025
MRB oxirgi ikki yilda yollangan xodimlarini ishdan bo‘shatdi. Ularni o‘qitishga millionlab dollar sarflangan
18:39 / 05.02.2025