Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik aloqa operatori birinchi iPhone'ni asosiy funksiyalardan mahrum qiladi
Amerikaning AT&T operatori foydalanuvchilarni 2G-tarmoqlar o‘chirilishidan ogohlantirdi. Bu iPhone'ning birinchi avlodi kabi qurilmalarning asosiy funksionalini qo‘llab-quvvatlash poyoniga yetganini bildiradi. AppleInsider shu haqida xabar berdi.
Shunday qilib, bundan buyon eskirgan mobil devayslar orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va SMS-xabar yo‘llash imkoni bo‘lmaydi.
Telekom-gigant asosiy e'tiborini LTE-tarmoqlar va 5G nomini olishi kutilayotgan hamda 2020 yilda bozorda paydo bo‘ladigan kelajak standartini rivojlantirishga qaratmoqchi. AT&T'ning tashabbusini AQSh va Yevropadagi bir necha operatorlar qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
2G-tarmoq 1991 yilda paydo bo‘lgan va u GSM raqamli mobil standarti hisoblanadi. Simsiz aloqaning ikkinchi avlodi shifrlangan qo‘ng‘iroqlardan tashqari SMS-xabar yo‘llash imkoniga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:31 / 19.06.2020
T-Mobile va AT&T ish o‘rinlarini qisqartirmoqda
11:37 / 15.06.2018
Dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi 85 mlrd dollarlik xaridni amalga oshirdi
20:35 / 04.01.2018
AQShning 12 shahrida 5G texnologiyasi ishga tushiriladi
07:43 / 23.10.2016