Jahon | 07:59 / 18.01.2017
7179
2 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama WikiLeaks axborotchisiga tayinlangan jazoni yumshatdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Barak Obama WikiLeaks tashkilotiga maxfiy ma'lumotlarini bergan Chelsi Menning (avval Bredli Menning)ga tayinlangan qamoq jazosi muddatini yengillashtirdi. Pentagon hujjatlarini tashkilotga topshirgani uchun Menning 35 yillik jazoni o‘tayotgan edi, deb yozgan ABC News Twitter sahifasida. 

«Chelsi Elizabet Menning <...> Jazoni yengillashtirish: qamoq jazosi 2017 yil 17 mayda yakunlanadi», — deyiladi Oq uy qarorida. 

11 yanvar kuni Barak Obama Chelsi Menningni jazosi yengillashtirilishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritgan edi. 

AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden, o‘z navbatida, prezident Barak Obamaga Chelsi Menning jazo muddatini qisqartirgani uchun minnatdorlik bildirgan.

«Bu yerda biz o‘ta jiddiylik bilan gapirishimiz lozim: Rahmat, Obama», — deb yozgan Snouden Twitter mikroblogida.

Bundan tashqari, Snouden Menning jazosi yengillatilishi uchun tashakkur bildirgan barchaga tashakkur bildirgan. 

Mavzuga oid