Jahon | 01:17 / 18.01.2017
5782
1 daqiqa o‘qiladi

Gambiya prezidenti mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini kiritdi

Foto: © AP

Gambiyada dekabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan amaldagi prezident Yahyo Jamme o‘z prezidentlik vakolatlari yakunlanishiga bir kun qolganda mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini kiritdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Tegishli bayonot davlat televideniyesi kanali efirida berilgan. 

Ma'lum qilinishicha, favqulodda vaziyat tartibi zudlik bilan kuchga kiradi va 90 kun amal qiladi.

Jammening aytishicha, favqulodda vaziyat tartibi sud uning saylovlar natijalari bo‘yicha arznomasini ko‘rib chiqquncha hokimiyatda bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kiritilmoqda.

 

Mavzuga oid