Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh energetikasi 2016 yilni rekord natija bilan yakunladi
GlobalData konsalting kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda dunyoda umumiy quvvati 70 gigavattlik quyosh elektr stansiyalari o‘rnatilgan. Agar ma'lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, unda quyosh energetikasi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan deyarli 1,5 barobar o‘sgan. Boshqa tahliliy guruhlar yanada kattaroq raqamlarni berishgan, ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016 yilda 76 gigavattlik quyosh elektr stansiyalari o‘rnatilgan. Agar ular haq bo‘lsalar, quyosh elektr stansiyalari 12 oy ichida o‘z quvvatini 30 foizga oshirgan. Gelioenergetika (quyosh energetikasi) birinchi marta Rossiya kabi davlatning umumiy energetikasi quvvatidan oshib ketgan. Ularning kiritilishi o‘rtacha sur'ati har 450 soniyada bir megavattga yaqin bo‘lgan.
2015 yil oxiriga kelib dunyoda 225 gigavattlik quyosh elektr stansiyalari bo‘lgan. GlobalData ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil oxiriga bu raqam 294,69 gigavattga yetgan. Shunisi ma'lumki, bu sohada Xitoy yetakchilik qilmoqda. Bu davlatda 2016 yil 1-choragining o‘zida 7,14 gigavattlik elektr stansiyalari o‘rnatilgan. Bundan bir gigavattdan sal ko‘prog‘i fotoelementlarga, qolgani esa quyosh elektr stansiyalari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, AQShda shu davr ichida 4,1 gigavattlik elektr stansiyalari o‘rnatilgan.
Cho‘llar va qurg‘oqchil yerlarda o‘rnatilgan quyosh elektr stansiyalari o‘rnatilgan quvvatning bir kilovattiga yiliga 2200 kilovatt-soat energiya beradi. Biroq bir qator hollarda quyosh batareyalari nam iqlimga ega hududlar, quyoshga nisbatan nomukammal burchakka ega uylar tomlarida o‘rnatiladi. Bunda esa yuqoridagi ko‘rsatkich kamroqni – 1000 kilovatt-soatni tashkil qiladi.