Fan-texnika | 17:23 / 18.01.2017
3401
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda mashinasining dvigatelini o‘chirmasdan qoldirganga jarima solinadi

London hokimiyati, shahar markazida transport vositasini, uning motorini o‘chirmasdan qoldirishni taqiqlaydi. EveningStantart nashri yozishicha, 2017 yil 4 fevraldan buning uchun 80 funt sterling (97,5 dollar) jarima solinadi. Shahar ekologiyasi bilan bog‘liq holatlarni yaxshilash maqsadida shunday choralar ko‘rilmoqda. 

Maxsus guruhlarning «havo marshallari» to‘xtash joyida dvigateli bir daqiqadan ortiq ishlab turgan avtomobillarning davlat raqamlarini yozib olishadi. Taqiq yengil avtomobillar, venlar va avtobuslarga tegishli bo‘ladi. Uch marotaba yozma ogohlantirilgandan so‘ng, jarima qo‘llash boshlanadi. Jarima 14 kun mobaynida to‘lansa, 50 foizlik chegirmaga ham yo‘l qo‘yiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid