OTB O‘zbekistonda ikkinchi quyosh stansiyasini ham moliyalashtirishi mumkin
O‘zbekiston hukumati Surxondaryo viloyatida mamlakatdagi ikkinchi quyosh elektrstansiyasini barpo qilish uchun Osiyo taraqqiyot banki mablag‘larini jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uzdaily.uz sayti yozmoqda.
Hukumat Surxondaryoning Sherobod tumanida barpo qilishni rejalashtirgan quyosh elektrstansiyasi loyihasini amalga oshirish maqsadida OTBning 100 mln dollarlik kreditini jalb etish niyatida.
Respublikadagi ikkinchi quyosh elektrstansiyasining quvvati 100 mVt bo‘ladi. Ushbu stansiya ishga tushgach, yiliga 177 gVt•s elektrenergiyasi ishlab chiqishi kutilayapti. Kredit 2017 yilning ikinchi yarim yilligida taqdim etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, OTB 2013 yili Samarqand viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini barpo qilish loyihasi uchun O‘zbekistonga 110 ml dollar miqdorida kredit ajratgan edi. Markaziy Osiyodagi birinchi geliostansiyaning quvvati 100 mVt bo‘lishi aytiladi.
2016 yil dekabr oyida Xitoyning Zhuhai Singes Green Building Technology Co. Ltd kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektrstansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan edi. Geliostansiya yiliga 200 mln kVt•s elektroenergiyasi ishlab chiqaradi.
Mavzuga oid
14:52 / 03.10.2024
Surxondaryoda tadbirkor o‘zi tahsil olgan maktab uchun 630 o‘rinli yangi bino qurib berdi
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024