Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hind politsiyachilari homilador ayolga yordam berish vaqtida haqiqiy jasorat ko‘rsatdilar
Mashable nashri Times News Network nashriga iqtibos keltirgan holda yozishicha, Hindistondagi Bxont qishlog‘ida yashovchi 23 yoshli homilador Kaminani 9 yanvarda to‘lg‘oq tuta boshlagan. Muammo shunda ediki, shu vaqtda hududda kuchli qor yog‘ayotgandi va tez yordam mashinalarining yordamga borishini ilojsiz qilgan.
Shunda qizga mahalliy politsiyachilar yordam berishga rozi bo‘lishgan. Besh politsiyachi ayolni zambilga ortib, ustini adyol bilan yopib, zambilni yelkalariga qo‘ygancha, kuchli bo‘ronga qaramay, 10 kilometr uzoqlikda joylashgan shifoxonaga piyoda olib ketishgan. Ayol qiz ko‘rgan.

Hind tvitteri foydalanuvchilari politsiyachilarning bu harakatlarini ijobiy baholashgan va yuz bergan voqeani "katta insoniy amal" deb atashgan.
Hindistonning Kashmir viloyatida 8 yanvardan 9 yanvarga o‘tar kechasi kuchli qorlar yoqqan. O‘shanda hududdagi havo harorati mahalliy ko‘rsatkichlarga ko‘ra rekord darajadagi -12,4 sovuqqacha tushib ketgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025