Sport | 23:39 / 19.01.2017
9008
1 daqiqa o‘qiladi

Messining otasi o‘g‘lining «Barselona»dan ketish imkoniyatlari haqida gapirdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messining otasi va agenti Xorxe Messi o‘g‘lining kataloniyaliklar jamoasini tark etish imkoniyatlari bo‘yicha berilgan savolga javob qaytardi.

«Messining Kataloniyani tark etishi bo‘yicha hech qanday xavf yo‘q», – deya Xorxe Messining so‘zlarini keltiradi Cadena SER.

Radioning El Larguero eshittirishida berilgan xabarga ko‘ra, Messi va klub o‘rtasida yangi shartnoma imzolash bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar yaxshi bosqichga chiqqan.

«Barselona» vakillari ham futbolchi bilan shartnoma uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan. Bu masala bilan klub prezidenti Jozep Bartomeuning shaxsan o‘zi shug‘ullanmoqda. 

Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yilda nihoyasiga yetadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid