Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik qiz to‘yi kunini sud orqali belgiladi
Saudiya arabistonilik qiz o‘zining qallig‘idan to‘y kunini sud orqali belgilashga erishdi. Bu haqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda Sputnik Arabic axborot agentligi xabar bermoqda.
Qiz qallig‘ining fotihani bekor qilmoqchiligidan xabar topib, oilaviy masalalar bo‘yicha sudga shikoyat bergan. Uning ta'kidlashicha, qiz o‘z oilasi va qallig‘i o‘rtasida kelishuv tuzilgandan keyin yigit bilan fotihalangan.
Kuyovning manfaatlarini sudda uning advokati himoya qilgan. Uning aytishicha, yigit bir yildan beri uchrashib yurgan qizga uylanmoqchi va to‘ydan qochishga urinmagan.
Advokatning aytishicha, kuyovning to‘yni cho‘zishiga uning to‘y marosimiga tayyorgarlik bilan bandligi sabab bo‘lgan. Advokat buning isboti tariqasida marosimlar zalini ijaraga olgani haqida hujjatlarni taqdim qilgan. Shundan keyin ikki tomon roziligi bilan to‘yni o‘tkazish mart oyiga belgilangan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025