O‘zbekiston | 12:38 / 20.01.2017
8913
1 daqiqa o‘qiladi

Axborot texnologiyalari vazirligi tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar bo‘yicha so‘rov o‘tkazmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan sohada faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik sub'yektlari, biznes vakillari o‘rtasida ularni qiynayotgan muammolar, faoliyatlarida duch kelayotgan byurokratik to‘siqlar va ularning oldini olish bo‘yicha so‘rov o‘tkazilmoqda.

So‘rovda aloqa, axborotlashtirish sohasidagi tadbirkorlar aloqa tarmoqlari, mobil aloqa, raqamli televideniye, pochta aloqasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta'minot, axborot xavfsizligi, AKT sohasida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida tadbirkorlik
sub'yektlari uchun yanada yaxshilanishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildiradilar.

So‘rovda ushbu manzil orqali ishtirok etish mumkin: mitc.uz

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid