Jahon | 10:39 / 21.01.2017
3712
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya parlamenti prezidentlik boshqaruvi to‘g‘risidagi tuzatishlar to‘plamini ma'qulladi

Turkiya parlamenti deputatlari mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ma'qullashdi. Hujjat loyihasi mamlakatda prezidentlik boshqaruvini joriy qilishni nazarda tutadi, deb xabar qilmoqda TASS.

Ovoz berish jarayoni 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Loyihani ma'qullab 488 deputatdan 339 nafari ovoz bergan. 

15 yanvar kuni Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlar birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. 

Yangi qonun loyihasi prezident vakolatlarini keskin kuchaytirishni ko‘zda tutadi. Xususan, u vazirlar mahkamasini boshqarishi yoki shaxsan bosh vazirni tayinlashi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid