Sport | 22:17 / 22.01.2017
10302
1 daqiqa o‘qiladi

Federer Australian Open chorak finaliga chiqib, 39 yillik tarixni yangiladi

Shveytsariyalik Rojyer Federer Avstraliyada o‘tayotgan tennis bo‘yicha ochiq chempionatning to‘rtinchi doirasida yaponiyalik tennischi Keya Nisikorini 6:7 (4:7), 6:4, 6:1, 4:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shunga ko‘ra, Rojyer 35 yilu 167 kunlik yosh bilan Australian Open musobaqasida chorak finalga chiqqan eng yoshi katta tennischi bo‘ldi. Bundan roppa-rosa 39 yil muqaddam, ya'ni 1978 yil Artur Esh ana shunday “maqom”da edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin ushbu musobaqani muvaffaqiyatli o‘tkazishda davom etmoqda. U turnirning 3-raundida musobaqaning 30-tartib raqami ostida saralangan ispaniyalik Pablo Karreno-Bustoga qarshi kortga chiqib, besh setda: 6/4, 4/6, 6/4, 4/6, 6/2 mag‘lubiyatga uchratgani xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid